Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» gollandiyalik noyob iqtidor egasini sotib oldi

«Barselona» gollandiyalik noyob iqtidor egasini sotib oldi

Foto: «fcbarcelona.es»

«Barselona» klubi «Ayaks»ning 21 yoshli futbolchisi Frenki de Yong bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy saytida xabar berildi.

Ushbu transferni amalga oshirish uchun «Barselona» klubi prezidenti shaxsan Gollandiyaga bordi va futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Kataloniyaliklar noyob iqtidor egasi uchun 75 million yevro to‘laydi.

Foto: «fcbarcelona.es»

De Yong joriy mavsum oxiriga qadar «Ayaks»da to‘p suradi va 1 iyuldan Kataloniya klubi tarkibiga kelib qo‘shiladi.

«Ayaks» futbolchining Kataloniya klubida erishadigan natijalariga qarab 11 million yevro bonusga ham ega bo‘lishi mumkin.

Frenki de Yong ushbu mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu futbolchini o‘tgan yozda ham sotib olishga uringandi, ammo futbolchi yana bir yil «Ayaks»da qolishga qaror qilgandi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun PSJ bilan jiddiy kurash olib bordi.

Gollandiyalik yarim himoyachi maydonda ham tayanch zonasida, ham yarim himoyada o‘ynay oladi. To‘pni o‘zida ushlab turish, dribling va aniq pas berishda benazir harakatlana oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring