Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi

«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi

Xaver Maskerano

Foto: Readfootball

Himoyachi Xaver Maskerano «Barselona»ni tark etadi.

Kataloniya klubi ertaga futbolchi bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazilishini rasman e’lon qildi. Tadbirda klub prezidenti Jozep Bartomeu ham ishtirok etadi.

Maskerano «Barselona»da yetti yarim mavsum o‘ynadi. U 2010-yilda «Liverpul»dan kelgandi.

Futbolchi jamoa safida 18 ta rasmiy sovrin yutib oldi. Ular orasida ikki Chempionlar ligasi va 4 Ispaniya chempionligi ham bor. U jami bo‘lib 334 o‘yinda maydonga tushdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring