Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» yangi transferni e’lon qildi

«Barselona» yangi transferni e’lon qildi

Foto: «fcbarcelona.com»

Fransiyaning «Tuluza» klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo Kataloniyaning «Barselona»ga o‘tadi. 19 yoshli fransuz «Tuluza» bilan shartnoma muddati tugagach, 2019-yilning 1 iyulida yangi klubi safiga borib qo‘shiladi.

«Barselona» klubi rasmiy sayti Todibo bilan 4 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Yosh himoyachi joriy mavsumda Fransiya ligasida 10 uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol muallifi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring