Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Batareyalarning quvvati qanchaga yetadi?

Batareyalarning quvvati qanchaga yetadi?

Foto: «Bild»

Boshqaruv pulti, qo‘lchiroq, bolalar o‘yinchoqlari — batareyalarning qo‘llanish sohalari juda ko‘p. Ayniqsa, AA toifali ishqorli batareyalardan ko‘p foydalanamiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: bu batareyalarning quvvati qancha vaqtga yetadi? Bu savolga «Bild» nashri quyidagicha javob berdi .

Batareyaning xizmat muddati uning narxi, ishlab chiqaruvchisi va albatta, u o‘rnatilgan qurilmadan qanchalik ko‘p foydalanishga bog‘liq.

Xizmat muddati

Vaqt o‘tishi bilan istalgan, hatto ishlatilmagan batareya ham quvvatini yo‘qotadi, shuning uchun uni sotib olishda yaroqlilik muddatiga e’tiborli bo‘ling. Ishqorli batareyalar uchun bu muddat — 5—10 yil.

Havo harorati

Batareyalarning muqobil ishlash vaqti havo haroratiga ham bog‘liq. Juda sovuq va issiq havo harorati unga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Eng maqbul variant: xona harorati va namlikning kamligi. Esda tuting: namlik o‘ta kuchli sharoitda batareyalardagi ishqor oqib ketishi mumkin.

Bitta ishlab chiqaruvchi

Ko‘p batareya ishlatiladigan qurilmalar uchun doim bitta ishlab chiqaruvchining batareyalarini tanlang. Bu qurilmaning bir me’yorda ishlashi uchun zarur.

Takror foydalanish

Kuchliroq qurilmadagi (masalan, o‘yinchoqdagi) batareya quvvatini yo‘qotsa, uni kamroq quvvat ketuvchi qurilmalarda qayta ishlatish mumkin. Masalan, o‘yinchoq uchun «umri tugagan» batareya televizor yoki konditsioner pultida ancha vaqt ishlab bera oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring