Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden Oq uyga bolalar karavotchasini olib keldi

Bayden Oq uyga bolalar karavotchasini olib keldi

Foto: «The Independent»

AQSh prezidenti Jo Bayden intervyu paytida Oq uyga bolalar karavotchasini olib kelganini aytib o‘tdi. Bu haqda 3-fevral kuni «The Independent» gazetasi xabar berdi.

Bayden qarorgohining yuqori qavatida kenja nabirasi — kichik Bo Bayden tufayli kutilmagan mebellar paydo bo‘ldi.

Prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden 2020-yilda o‘g‘illi bo‘ldi. Bolaga Amerika yetakchisining 2015-yilda miya saratonidan vafot etgan boshqa o‘g‘li sharafiga Bo Bayden deb ism qo‘yishdi.

Yanvar oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uydagi stolidan Donald Tramp sevimli ichimligi — kolani keltirish uchun ofitsiantni chaqirishda foydalangan qizil tugmani oldirib tashlagani to‘g‘risida xabar bergandik.

Shuningdek, u respublikachining qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli ish kreslosini to‘q jigarrang charmlisiga almashtirdi. Baydenning ish stoli ro‘parasidagi devorda o‘tmishdoshlari — Jorj Vashington, Tomas Jefferson, Avraam Linkoln va Franklin D. Ruzvelt, shuningdek, AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamilton portretlariidan iborat kollaj paydo bo‘ldi.

Baydenning inauguratsiyasi 20-yanvar kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tdi. U Konstitutsiya va mamlakatga sodiqlik qasamyodini qabul qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring