Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Beeline» talabalarga doimiy ish o‘rni taklif qiladi

«Beeline» talabalarga doimiy ish o‘rni taklif qiladi

Foto: «Beeline»

«Beeline» kompaniyasi «Uchinchi avlod-2018» tashqi o‘quv dasturi ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi va barcha qiziquvchi talabalarni 20-aprel kuni soat 14:30da «Ground Zero»da dastur namoyishi uchun taklif etdi.

Bu yil «Uchinchi avlod» dasturi doirasida amaliyotchilar uchun kompaniyaning Toshkent, Sharqiy va Janubiy hududiy filiallarida amaliyot o‘tash imkoniyati ochiladi: amaliyot dasturida Toshkent, Namangan va Qarshi shaharlaridan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturning bu yilgi 10-mavsumida eng ko‘p ishtirokchilar qabul qilinadi: jami 27 nafar talaba kompaniyaning qator bo‘limlarida amaliyot o‘tash imkoniyatga ega bo‘lishadi. Bu bo‘limlar:

  • tijorat direksiyasi (ommaviy bozorda savdolar direksiyasi, korporativ savdoni rivojlantirish direksiyasi, marketing direksiyasi);
  • axborot texnologiyalari direksiyasi;
  • texnik direksiyasi;
  • administratsiya direksiyasi;
  • OOO «BeeLab»;
  • digital-texnologiyalar direksiyasi;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi;
  • yuridik xizmati;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘limi (Namangan sh.);
  • tarmoqni rivojlantirish bo‘limi (Qarshi sh.).

So‘rov va rezyumelar yaxshi akademik natijalarga ega bo‘lgan III va IV kurs talabalaridan graduate@beeline.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Amaliyot natijalari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli talabalarga oliygohdagi o‘qish bilan kelishtirilgan holda individual ish tartibi, kelajakda esa — «Beeline»da doimiy ish o‘rni taklif qilinadi. «Uchinchi avlod» doirasida amaliyot o‘tash 2018-yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring