Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda internetdagi anonimlik taqiqlandi

Belarusda internetdagi anonimlik taqiqlandi

Foto: «Flickr»

Belarusda 2018-yilning 1-dekabridan yangi qonun kuchga kiradi, unga ko‘ra, saytlardagi yangiliklarga munosabat bildirishni istagan foydalanuvchilardan administratorlar ularning telefon raqamlarini talab qilishga haqli. Bu haqda «TUT.BY» portali xabar berdi.

— Kimdir sharh qoldirmoqchi bo‘lsa, ya’ni o‘z xabarini u yoki bu internet-resursga joylashtirishni istasa, o‘z telefon raqamini berishi kerak. Shunda unga maxsus kod keladi, — dedi Belarus axborot vaziri Aleksandr Karlyukevich.

Yangi tartiga binoan, internet-resurlar, o‘z xohishiga qarab, foydalanuvchidan familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, elektron pochta manzili, xabarni joylash vaqti, uning abonentlik qurilmalari identifikatsion ma’lumotlari (MAS-adres, ichki va tashqi IP-adreslar)ni so‘rab olish huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring