Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talaba va yosh mutaxassislar Berlin konferensiyasida ishtirok etishlari mumkin

O‘zbekistonlik talaba va yosh mutaxassislar Berlin konferensiyasida ishtirok etishlari mumkin

Foto: «Inha.uz»

Talabalar, yosh olimlar, mutaxassislar va startapchilar Berlin (Germaniya)dagi «Falling Walls Conference» konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.      

«Falling Walls Lab» — Germaniyada Berlin devori qulashining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan loyihadir. Bu yangi tashkil etilgan yillik fanlararo konferensiya bo‘lib, unda yosh daholar o‘z innovatsion g‘oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohasida taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

«Falling Walls Lab» yosh olimlar, mutaxassislar va tadbirkorlarga jahon hamjamiyatiga inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida uchraydigan turli xil muammo va qiyinchiliklar yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va ijtimoiy tashabbuslari, ilg‘or usullarini taklif qilish imkonini beradi. Bu sizning g‘oyalaringiz eshitilishi va rivojlanishiga turtki berilishiga imkoniyatdir.

Berlinda o‘tadigan konferensiyaning final bosqichida yirik siyosatchilar, tadbirkorlar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, faollar, media shaxslar hakamlar hay’atini tashkil etishadi.

«Falling Walls Lab» loyihasi O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Tadbir Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

2018-yil 23-aprelgacha yosh olimlar, ixtirochilar va startapchilar o‘z loyihalarini taqdim etishlari va ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn rejimida amalga oshiriladi. Shuningdek, mehmonlar va ishtirokchilar elektron pochta orqali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: lektorintaschkent@gmail.com.  

25-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Falling Walls Lab Tashkent»ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar o‘z loyihalarini 3 daqiqa  ichida taqdim etishlari kerak.

«Falling Walls Lab Tashkent»ning hakamlar hay’ati Berlinda o‘tadigan «Falling Walls Conference» konferensiyada qatnashadigan g‘olibni tanlab berishadi. 2018-yilning 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konferensiyada dunyoning turli burchaklaridan kelgan 100 nafardan ortiq kashfiyotchilar ishtirok etishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring