Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bermud uchburchagida o‘zga sayyoraliklar kemasi topildimi?

Bermud uchburchagida o‘zga sayyoraliklar kemasi topildimi?

Foto: «Hurriyet.com»

Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) astronavti Darrel Miklos Bermud uchburchagida topilgan eski qoldiqning o‘zga sayyoraliklar kemasiga tegishli ekanini da’vo qilmoqda. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

«Discovery Channel» telekanali dasturlaridan birida qatnashgan Darrel Miklosning Bermud uchburchagida topilgan qoldiq haqidagi so‘zlari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Miklos topilma minglab yillar avval Yer yuziga tushgan o‘zga sayyoraliklarning kemasiga tegishli ekanini aytgan. Uning tarafdorlari bo‘lgan geofiziklar ham kema qoplamasi bo‘lgan marjon kamida 5 ming yillik tarixga ega ekanini ma’lum qilishgan.

Miklos tadqiqotlarida NASAning afsonaviy astronavti Gordon Kuperning maxfiy xaritalaridan foydalangan. U topib olgan qoldiqning hajmi ikkita futbol maydoniga teng ekan.

Bermud uchburchagi tarixda ko‘plab kemalar qabristoni bo‘lgan sirli makon sifatida dunyoga mashhur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring