Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Ozarbayjon orqali Eronga noqonuniy o‘tayotganida qo‘lga olingan

Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Ozarbayjon orqali Eronga noqonuniy o‘tayotganida qo‘lga olingan

Foto: «Sputnik»

Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Eronga o‘tish uchun Ozarbayjon chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida Ozarbayjon davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan. Tezkor choralar natijasida chegara buzuvchilar qo‘lga olindi – ular to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayol va ularni Eronga o‘tkazmoqchi bo‘lgan ozarbayjonlik erkak bo‘lib chiqdi.

O‘sha kuni Yardimli tumanidagi Deman qishlog‘i hududida Eronga noqonuniy tarzda o‘tishga uringan yana ikki nafar ayol — O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ushlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring