Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bir dasta tayoqni kimsa sindirolmas...»

«Bir dasta tayoqni kimsa sindirolmas...»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi mohiyatan o‘z ichiga ulkan tarixiy missiyani ham olgan. Bu urinish mudom orzu bo‘lib kelayotgan mintaqa birligiga zamin bo‘lsa ajab emas. Bu ulug‘larimizning ham orzusi edi. Xususan, jadidchi bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy bundan 101 yil ilgari shunday yozgandi:

«...Bobokalonlarimizning mashhur nasihati bor, u o‘z o‘g‘ullarig‘a qilib ediki, birlashingiz. Masalan bir dasta tayoqni birga bog‘lasangiz, kimsa sindirolmas. Agarda ajratsangiz, birin-birin har kim sindurar. Mana, bobongizning buyrug‘i.

Chirog‘larim! Boshqa xalqlar, masalan, serblar, italyanlar, armanlar, slavyanlar, polyaklar va boshqalar, hatto, dunyoning u bir uchidagi qarindoshlari ila birlashur ekanlar, boshqa katta va quvvatli davlatlarga tobe’ bo‘lub, yutilub, hatto, tilini yo‘qotgan o‘z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoqg‘a jon va kuchlarini sarf etar ekanlar, biz o‘z ichimizdagi qarindoshlarimizdan ayrilsak, uyatdur, ahmoqliqdur. Turk tomurig‘a bolta urmoqlikdur»

(Platforma.uzdan olindi)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring