Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda 9 ta YTH. Shundan 7 tasida odam urib yuborilgan

Bir kunda 9 ta YTH. Shundan 7 tasida odam urib yuborilgan

Foto: «Nuz.uz»

Toshkent shahar YHXB tomonidan saytimizga xabar berishlaricha, joriy yilning 27-dekabr kuni 9 ta YTH sodir bo‘lgan. Shundan bir holatda «Kobalt» avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, beton simyog‘ochga urilgan, haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Yana bir holatda esa «Neksiya» mashinasi «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashgan va oqibatda yengil avtoulov haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Qolgan 7 ta holatda esa haydovchilar piyodalarni urib yuborgan.

Jumladan, shu kuni soat 20:30 da H.Boyqaro ko‘chasi S.V.Yu. «Spark» avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada fuqaro S.R.ga Bektemir tumani TTB birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mirobod ko‘chasida haydovchi A.B.V. «Xyunday Sonata» rusumli avtoulovni mast holda boshqarib ketayotib, fuqaro A.G.ni urib yuborgan. Piyoda RShTYoIMga yotqizilgan. Haydovchi esa jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay, voqea joyini tark etgan. Qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida u 28 dekabr soat 4:00 da topilgan.

Shuningdek, Uloqtepa-Uchqahramon ko‘chalari chorrahasida haydovchi A.A. fuqaro A.I.ni urib yuborgan, natijada u qattiq tan jarohati olgan. Biroq bu haydovchi ham jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketgan. 28-dekabr kuni soat 17:00da qidiruv va surishtiruv sabab qo‘lga olingan.

28 dekabr kuni esa Aviasozlar ko‘chasida haydovchi T.G. shaxsiy avtoulovini hushyor holda boshqargan va jabrlanuvchi B.A.ni urib yuborgan. Lutfikor ko‘chasida haydovchi N.G‘. shaxsiy «Lasetti» mashinasida piyoda G.Q.ni urib yuborgan.

Qish-qirovli kunlarda, bayram arafasida barchaning yo‘li ochiq bo‘lishini, eson-omon manzillariga yetib olishlarini tilaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring