Bir necha viloyatda adliya boshqarmasi boshliqlari o‘zgardi
Adliya vazirligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlikda o‘tkazilgan kengaytirilgan hay’at majlisining natijalariga ko‘ra, bir qator tayinlovlar amalga oshirilgan. Jumladan:
Qo‘chqarov Shuhrat Hamidovich Adliya vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan;
Nuriyev Saloxiddin Samadovich Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan;
Sabirov Xayrullo Ismoilovich Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i etibtayinlangan.
Tadjibayev Abduraxman Raximovich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Isoqov Hojimurod M. - Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter