Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oyda 1700 dan oshiq ayol zo‘ravonlikdan himoya qilish markazlariga murojaat qildi

Bir oyda 1700 dan oshiq ayol zo‘ravonlikdan himoya qilish markazlariga murojaat qildi

Foto:«Advokatnews.uz»

Yanvar oyi davomida Respublika bo‘ylab zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan, deb ma’lum qildi Xotin-qizlar matbuot xizmati.

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 – psixologik, 377 – huquqiy yordam ko‘rsatilgan. 271 nafar ayolning bandligini ta’minlashga ko‘mak berilib, 99 nafariga kredit olib o‘z ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetgan.

O‘zbekistondagi ilk zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi 2018-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Bugungi kungacha markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring