Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Birorta idoraning faoliyatiga baho beradigan mezon yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev: «Birorta idoraning faoliyatiga baho beradigan mezon yo‘q»

«O‘zbekiston 24» telekanali efiridan skrinshot

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qilmoqda.

— Bizda birorta idoraning faoliyatiga baho beradigan mezon yo‘q, — dedi O‘zbekiston rahbari. — Masalan, hozirgi kunda men Iqtisodiyot vazirligi yoki boshqa biror bir vazirlik faoliyatiga qaysi mezon bo‘yicha baho berishni bilmayman. Yo‘q! Shu vaqtgacha bu Konstitutsiyada ham yo‘q, qaror ham yo‘q. Hamma yaxshi, hamma yomon.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida shuning uchun davlat organlari tuzilmasi va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish talab etilayotgani, vazirlik va idoralar, barcha darajadagi hokimliklar prognoz ko‘rsatkichlarini belgilashda o‘z faoliyatida kutilayotgan natijalarning aniq miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini belgilab olishi lozimlinini ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «eng muhimi, bu borada xatoga yo‘l qo‘ymaslik, chuqur o‘ylab qaror qabul qilish uchun ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyadan, albatta, har bitta vazirlik-idora ijobiy xulosa olishi lozim».

Qayd etish kerak, mazkur anjuman «O‘zbekiston-24» telekanali va Prezidentning «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring