Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bittagina videorolik evaziga kompyuter, noutbuk yoki planshet yutib olishingiz mumkin!

Bittagina videorolik evaziga kompyuter, noutbuk yoki planshet yutib olishingiz mumkin!

Foto: Respublika yosh ijodkorlar kengashi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi «Buyuklar biz bilan» videoroliklar tanlovini e’lon qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga tanlov tashkilotchilari xabar berdi.

Alisher Navoiyning 577 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yilligi munosabati bilan, xalqimiz orasida ularning ijodini keng targ‘ib qilish va oilalar, korxona va ta’lim muassasalarida ulug‘ siymolarimizning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirishga ishtiyoq uyg‘otish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tanlov ikki nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

1) «Eng yaxshi g‘azalxon oila»;

2) «Eng yaxshi g‘azalxonlik kechasi».

Birinchi nominatsiyada ishtirokchilar o‘z oila a’zolari bilan birgalikda Navoiy, Bobur va boshqa g‘azalnavis shoirlar g‘azallarini yoddan o‘qib, videotasvirga olishlari talab etiladi. Ikkinchi nominatsiyada esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar doirasida o‘tkazilgan g‘azalxonlik kechalarining tasviri tushirilgan videoroliklar bilan ishtirok etish mumkin.

Tanlovga mo‘ljallangan videoroliklar quyidagi shakllardan biri orqali yuborilishi mumkin:

1) «Telegram» messenjeridagi @ijodkormatbuot profiliga yuborish orqali;

2) CD yoki DVD disklarga yozilgan videoroliklarni «100096, Toshkent shahar, Qatortol ko‘chasi, Ma’muriy hudud binosi, 60-B uy» manzili bo‘yicha Respublika yosh ijodkorlar kengashiga yuborish orqali.

Yuqoridagilardan tashqari, «Youtube», «Facebook», «Instagram», «Odnoklassniki»da joylashtirilgan videoroliklar ham tanlovda qatnashishi mumkin. Faqat buning uchun videoroliklar #buyuklar_biz_bilan, #yoshijodkor heshteglari bilan e’lon qilingan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ushbu videolarning havola (link)lari «Telegram» messenjeridagi @ijodkormatbuot profiliga yuborilishi talab etiladi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, videoroliklar 2018-yil 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar joriy yilning 21-mart kuni e’lon qilinadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topilgan videoroliklarning mualliflari quyidagicha mukofotlanadi:

1-o‘rin — zamonaviy kompyuter jamlanmasi;

2-o‘rin — noutbuk;

3-o‘rin — planshet.

Mazkur mukofotlar nominatsiyalar bo‘yicha alohida-alohida topshiriladi. Eng sara videoroliklar «Yoshlar» va «MY5» telekanallari orqali efirga uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring