Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biz kashf etishni istayotgan vunderkindlar asli qayerda?

Biz kashf etishni istayotgan vunderkindlar asli qayerda?

Фото: «Milliy tiklanish» partiyasi

Joriy yilning 12-13-fevral kunlari O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamkorligida «Navoiy vorislari» ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi Navoiy viloyati Navoiy shahrida o‘tkazildi.

Mazkur tanlov partiya dasturi va saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar asosida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, Navoiy ijodini tom ma’noda xalq mulkiga aylantirish hamda xalq ta’limi tizimida jonbozlik ko‘rsatayotgan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini, shu fanga qiziqqan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov dastlab, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida sinov tariqasida o‘tkazilib, 2017-yilda u ilk bor respublika miqyosida tashkil etildi. Ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida mamlakatimizning 2 ming 853 maktabidan jami 6 ming 246 nafar o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari bilan birga ishtirok etib, shundan 206 nafar qatnashchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tanlovning hududiy bosqichlarida 206 nafar yoshdan 14 nafari respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib va tanlovning yakuniy bosqichida barcha hududlardan 1-o‘rinni egallagan iqtidorli va iste’dodli yoshlar o‘zaro bellashdilar.

Tadbir davomida 3 nafar finalga chiqqan nomzodlar hakamlar hay’ati a’zolari va 700 dan ortiq tomoshabinlar ishtirokida tanlov Nizomidagi talablar asosida sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Isoqova Sitora, Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Nodirqulova Marjona 2-o‘ringa, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 34-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Sirojiddinova Xosiyatxon 3-o‘ringa loyiq, deb topildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tanlovning 11 nafar faol ishtirokchici «Navoiyning g‘azalxon vorisi», «Navoiy tilining bilimdoni», «G‘azalni ifodali o‘qish», «Navoiy g‘azallarini to‘g‘ri sharhlash», «Alisher Navoiy g‘azallarini xorijiy tillardagi tarjimalarini yodlash» nominatsiyalari va 1-2-3-o‘rin sohiblari diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Eng, eng, eng

* Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 5-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Shahzodaxon Rahmonova Alisher Navoiyning 457 ta g‘azalini, shuningdek, shoirning yana qo‘shimcha ravishda «Lison ut-tayr» (366 ming baytdan iborat) dostonini yaxlit yod olgani aniqlandi hamda uning salohiyati navoiyshunos mutaxassislar yordamida jamoatchilik oldida yana bir bor imtihondan o‘tkazildi. Sahnada mutaxassislar tomonidan ishtirokchiga Alisher Navoiy devonidagi g‘azallarning birgina satrini o‘qib eshittirib, uni davom ettirish sharti qo‘yilganda, Shaxzoda Rahmonova hay’at a’zolari tomonidan taqdim etilgan mumtoz adabiyot namunalarini hali hay’at birinchi satrini o‘qib ulgurmasdan u birorta xatosiz g‘azallarni aytib berdi va 5-sinf o‘quvchisi ushbu tanlovning mutlaq g‘olibi va kashfiyoti deb e’lon qilindi hamda eng oliy mukofotga loyiq topildi.

* Navoiy viloyati hokimi Qobiljon Tursunov Navoiy viloyati ishtirokchisi Marjona Nodirqulovaga Prezident sovg‘asi sifatida 50 000 000 so‘m pul mukofotini taqdim etdi hamda 14 fevral kuni viloyat hokimi Navbahor tumani hokimi bilan birgalikda tanlov g‘olibi ta’lim olgan 34-sonli umumta’lim maktabida unga qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. (Biroq Xalq ta’limi vazirligi mutasaddi rahbarlari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etmadi)

Tanlovning muhim natijalari:

Alisher Navoiy ijodini targ‘ib etishga qaratilgan tanlov birinchi marotaba tuman (shahar), hududiy va Respublika bosqichida o‘tkazishga erishildi.

Navoiy ijodini xalq mulkiga aylantirish g‘oyasi Xalq ta’limi tizimidan boshlandi.

Navoiyning insonparvarlik g‘oyalari bilan yoshlar qurollantirildi.

Navoiy ijodi orqali o‘zbek tili va adabiyotining nufuzini yuksaltirishga erishildi.

Navoiy ijodi orqali yoshlarning yozma va og‘zaki nutqi shakllantirildi.

Navoiy ijodini turli xorijiy tillarda o‘rganishga erishildi.

Navoiy ijodiga qiziquvchi nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarning faol jamoasi aniqlandi va ustoz-shogird an’anasi yo‘lga qo‘yildi.

Har bir hududda Navoiy ijodini 50 tadan 100 tagacha yod olgan, uning ma’nosini sharhlab, tahlil etib beradigan yosh avlod vakillari kashf etildi.

Navoiyning nafaqat g‘azallarini, balki yaxlit asarlarini to‘liq yod biladigan yoshlar aniqlandi.

Loyihaning tafsilotlari va respublika bosqichi «O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan to‘liq suratga olindi hamda ikki qismli maxsus hujjatli film, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali tomonidan maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi.

«Milliy tilklanish» partiyasi matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring