Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Blogerlar chempionatining onlayn platformasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Blogerlar chempionatining onlayn platformasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonilan bir qator idoralar bilan hamkorlikda o‘zbek tilida blog yurituvchi blogerlarni rag‘batlantirish, blogerlar tomonidan yozilgan fikrlarini keng jamoatchilikka yetkazishda ko‘maklashish, jamiyatdagi turli muammolarni muhokama qilish va bu orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji va nufuzini yuksaltirish, tashkilotlar hamda blogerlar o‘rtasida uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek blogerlari o‘rtasida ijodiy va do‘stona muhitni shakllantirish, internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi foydali resurslarni boyitish maqsadida tashkil etilayotgan O‘zbekiston blogerlari chempionatining onlayn platformasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda jismoniy (professional dasturchilar, frilanserlar, talabalar) hamda yuridik shaxslar (web-studiyalar va h.z.) ishtirok etishi mumkin.

Onlayn platformaga qo‘yiladigan texnik talablar:

  1. Portalning qulay va moslashuvchan dizaynini ishlab chiqish;
  2. Portalda ishtirokchi blogerlarning ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tishini tashkil qilish;
  3. Ishtirokchilarning matn, foto, video va audio formatidagi blogpostlarini tanlovga yuborishlari uchun qulay redaktor tashkil qilish;
  4. Ishtirokchilarning anketa ma’lumotlari (ism-sharifi, rasmi, ish-faoliyati, kontakt malumotlari) ni kiritishni tashkil etish;
  5. Ishtirokchilar, mushtariylar hamda hakamlarning yagona ma’lumotlar bazasini shakillantirish;
  6. Blogpostlarga mushtariylar tomonidan izoh qoldirish imkoniyatini yaratish;
  7. Blogpostlar hamda ularga qoldiriladigan izohlarning yagona malumotlar bazasini tashkil etish;
  8. Portalda blogpostlarni saralash, qidirish, umumiy reytingini yuritishni tashkil qilish;
  9. Tanlovda ishtirok etuvchi materiallarga onlayn ovoz berishni tashkil qilish;
  10. Axborot xavfsizligi talablaridan kelib chiqqan holda:
    — Tizimda foydalanuvchilar hamda redaktorlarning harakatlarini jurnalizatsiya qilish;
    — Taqdim etilayotgan materiallar hamda qoldirilayotgan izohlarni muharrirlar tomonidan tasdiqlash;
  1. Qidiruv tizimlariga integratsiya qilish;
  2. Redaktorlar va muharrirlar uchun yagona boshqaruv panelini yaratish;
  3. Portalda blogpostlar umumiy statistikasi va reytingini shakillantirish;
  4. Portalni kamida 3 oy muddatda texnik qo‘llab quvvatlash;
  5. Portalni alohida VPS yoki VDS toifadagi serverga joylashtirish;
  6. Portalni ishlab chiqish va ishga tushirish muddati 14 kun

Takliflar O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yuborilsin.

Manzil: 100129, Toshkent shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 30 uy

Telefon: (99871) 244-12-51, 244-16-15

E-mail: fonduz@umail.uz; mmf.uz@mail.ru.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni fondning rasmiy saytidan, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan telefonlar orqali olishingiz mumkin.

Tijorat takliflari 2018-yil 20-mart soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring