Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh kotibi vakili Inha universitetiga tashrif buyurdi

BMT Bosh kotibi vakili Inha universitetiga tashrif buyurdi

Foto: «Inha.uz»

BMT Bosh kotibining Yoshlar bo‘yicha vakili Jayatma Vikramanayake 2018-yilning 11-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

Qayd etish lozimki, Vikramanayake xonim O‘zbekistonga «Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

BMT Bosh kotibining Yoshlar bo‘yicha vakili IUTga tashrifi chog‘ida «Technovation Uzbekistan 2018» tanlovi ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Jayatma Vikramanayake BMT bosh kotibining yoshlar ishi bo‘yicha maxsus vakili sifatida Shri-Lanka yoshlari bilan olib borgan faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.

U «Technovation Uzbekistan» tanlovi va qizlarning loyiha doirasida taqdim etgan ishlari bilan tanishdi.

Jayatma Vikramanayakeda qizlar tomonidan yaratilgan mobil ilovalar katta taassurot qoldirdi va u qizlarga omad tiladi. U STEM dagi qizlar soni kamligini va bunday loyihalarda ishtirok etish orqali ular yangi tarixini yaratishayotganini alohida ta’kidladi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2017-yilning iyun oyida shri-lankalik Jayatma Vikramanayakeni o‘zining Yoshlar ishi bo‘yicha vakili etib tayinlagandi. Yoshlar ishi bo‘yicha vakil sifatida u yoshlarni BMTning barcha asosiy yo‘nalishlarida — barqaror rivojlanish, inson huquqlari, tinchlik va xavfsizlik hamda insonparvarlik yo‘nalishlariga jalb qilishga intiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring