Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT taraqqiyot dasturi jamiyatda ayollar rolini oshirish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi

BMT taraqqiyot dasturi jamiyatda ayollar rolini oshirish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning rolini oshirish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi.

O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, shuningdek, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Yangi loyiha O‘zbekiston hukumatiga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda yordam berishi kerak.

Loyiha doirasida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ishtirok etishlari uchun ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishda innovatsiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Xususan, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tahliliy hujjatlar, qonunlar ishlab chiqiladi.

Jamiyatda ayollarning rolini oshirishga qaratilgan treninglar, seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish — loyihaning yo‘nalish va tarkibiy qismlaridan biri bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring