Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyusiyasini qabul qildi

BMT Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyusiyasini qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Ukraina tomonidan kiritilgan Qrim va Sevastopol, shuningdek, Qora dengizning bir qismi va Azov dengizini militarizatsiya qilish bo‘yicha rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda «AiF» xabar bermoqda.

Rossiyaga qarshi yo‘naltirilgan hujjat ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilindi - uni 66 davlat qo‘llagan, 19 davlat qarshi, 72 tasi esa betaraf bo‘lgan.

Rezolyusiyada Bosh assambleya «Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan sekin-astalik bilan militarizatsiya qilinishidan juda tashvishda» ekani qayd etilgan. Shuningdek, hujjatda yarim orolda harbiy mashqlar o‘tkazilishidan ham tashvishda ekani aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim yarimoroli 2014-yildan buyon Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi. 2018-yil 25-noyabr kuni Ukraina kemalari Kerchda Rossiya tomonidan ushlangach, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi. 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring