Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMTning doimiy koordinatori O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi

BMTning doimiy koordinatori O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer bilan uchrashdi.

Adliya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va hamkorlikni yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

Adliya vaziri BMTTD vakillariga mamlakatimizning turli sohalari, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Ikki tomonlama aloqalarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Xelena Freyzer xonim O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan chora-tadbirlar haqida ijobiy fikrlarini bildirdi. BMTTDning huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan loyihalarini qayd etdi. Xususan, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘zaro hamkorlik taklif qilindi.

Adliya vaziri BMTTD bilan hamkorlik muhim ahamiyatga egaligini qayd etib, kelgusida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish istagini bildirdi. Shu bilan birga mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy baza yaratilgani aytib o‘tildi. Shuningdek, BMTTD vakillariga Adliya vazirligining mazkur sohada tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Adliya vazirligi va BMTTD o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring