Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobonazar 3 oy komada yotdi. O‘quvchisini kaltaklashda ayblangan murabbiy sud hukmidan norozi

Bobonazar 3 oy komada yotdi. O‘quvchisini kaltaklashda ayblangan murabbiy sud hukmidan norozi

Foto: «facebook.com»

So‘nggi vaqtlarda maktab o‘quvchilarining o‘qituvchilar tomonidan kaltaklanishiga oid xabarlar ko‘paydi. Bunday noxush hodisa Xorazmda ham sodir bo‘lgani aytilmoqda.

2018-yil 20-sentyabr kuni Bog‘ot tumanidagi sport maktab internati sport murabbiyi J.Ro‘zmetov shu maktab o‘quvchisi Bobonazar Xudaynazarovni kaltaklagan. Bu haqda jurnalist Davlat Nazar feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, J.Ro‘zmetov Hazarasp tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi A.Aminov raisligida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida O‘zbekiston jinoyat kodeksining 104-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 2 yilu sakkiz oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

«O‘z murabbiyi tomonidan kaltaklanib, 3 oy davomida koma holatida yotganidan so‘ng o‘ziga kelgan 11 yoshli Bobonazar bugungi kunda hamon uy sharoitida davolanishni davom etmoqda. Unga nisbatan qasddan hayot uchun xavfli bo‘lgan shikast yetkazishda aybdor deb topilgan J.Ro‘zmetov o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmidan norozi bo‘lib apelyasiya tartibda shikoyat arizasi kiritgan. Apelyasiya sudi 2019-yil 13-mart kuni Xorazm viloyat jinoyat ishlari sudi binosida bo‘lib o‘tadi», deb yozadi Davlat Nazar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring