Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chadagi fojia sabab barcha mutasaddilar ishdan bo‘shatildi — vazirlik

Bog‘chadagi fojia sabab barcha mutasaddilar ishdan bo‘shatildi — vazirlik

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 6 yoshli bola qaynoq suvdan kuyish oqibatida vafot etgandi.

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva mazkur voqeadan keyingi tafsilotlarni ochiqladi. 

Unga ko‘ra, bog‘chada o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan barcha mutasaddilar ishdan bo‘shatilgan. 

Shuningdek, Asqarxo‘jayeva, O‘zbekiston tumani 13-sonli ONMTTda tarbiyachi G. Usmonovaning ehtiyotsizligi sabab qo‘lidan chiqib ketgan temir qoshiq tarbiyalanuvchi H. Imomaliyevni ko‘zini shikastlagani bo‘yicha ham munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, MTM tomonidan uning davolanish va operatsiya xarajatlari qoplangani va jabrlanuvchi oilaga MTMT dan 4 mln 700 ming so‘m undirilgani; tarbiyachi G. Usmonovaga nisbatan JKning 111- moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring