Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘chalarda karantin 31-martgacha davom etadi — Agrepina Shin

Bog‘chalarda karantin 31-martgacha davom etadi — Agrepina Shin

Foto: AOKA

Maktabgacha ta’lim muassasalarida karantin 16—31-martgacha davom etadi. Bu haqda maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin xabar berdi.

Uning qayd etishicha, Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari 18-martdan to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi. Shuningdek, 16-martdan boshlab, ya’ni karantin davrida MTMlarga bolalarni qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish to‘xtatilgan.

Karantin davrida faqat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori, xo‘jalik mudiri, hamshira, farrosh va qorovul o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring