Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boieng 737 MAX». Samolyotlar ortidan aksiyalar qulamoqda

«Boieng 737 MAX». Samolyotlar ortidan aksiyalar qulamoqda

Foto: «Sam Chui»

«Southwest Airlines», «Flydubai», «Lion Air» aviakompaniyalari «Boieng 737 MAX» samolyotlarini eng ko‘p xarid qilmoqda. Bu haqda «Bloomberg» ma’lumotlari shohidlik beradi.

«737»lar kompaniya faoliyatida juda muhim o‘rin tutadi: tushumning 30, sof foydaning 35 foizini shu samolyotlar qoplayapti. «737» turkumining to‘rtinchi avlodi — «Boieng 737 MAX» samolyotlari tijoriy buyurtmalar uchun 2017-yili taqdim etilgan bo‘lib, 2019-yilning yanvar holatiga 5000 ta buyurtma olingan.

«Boieng 737 MAX»ning eng yirik xaridorlari

Buyurtmalarning eng ko‘pi «737 Max 8»larga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq oxirgi besh oyda shu samolyotlarning ikkitasi ishtirokida yirik aviahalokat ro‘y berdi: shulardan biri ikki kun avval Efiopiya osmonida qulab tushib, 157 inson halok bo‘ldi.

Ushbu fojialar ortidan «Boieng»ning ayni shu modellariga buyurtmalar soni qisqarishi kutilmoqda, kompaniya aksiyalari qiymati esa bozor ochilishi arafasidayoq 9,5 foizga arzonlashishga ulgurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring