Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxona xodimiga pora taklif etgan fuqaro 700 dollar berayotganda qo‘lga olindi

Bojxona xodimiga pora taklif etgan fuqaro 700 dollar berayotganda qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroning “Olot” chegara bojxona postida fuqaro M.B. bojxona xodimiga pora berayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar qildi.

M.B yuk avtomashinasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida aniqlangan yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan juda ko‘p miqdordagi xalq iste’mol mollariga nisbatan tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmaslik va yuk avtomashinasini bojxona postidan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishi evaziga bojxonachiga 700 AQSh dollarini pora sifatida taklif etgan. Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili B.Ining boshqarma boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro pora berayotgan paytida qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring