Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boko haram» tomonidan Nigeriyada 100 nafar harbiy o‘ldirildi

«Boko haram» tomonidan Nigeriyada 100 nafar harbiy o‘ldirildi

Foto: «24.kz»

«Boko haram» radikal guruhi jangarilari tomonidan Nigeriya shimoli-sharqida 100 nafarga yaqin harbiylar o‘ldirildi, deb yozmoqda «Xabar 24».

Mamlakat armiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan amaliyotlarga qaramasdan, jangarilar tinch aholi va harbiylarga hujumlarini to‘xtatmayapti.

Ma’lumot uchun: «Boko haram» — Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida faoliyat olib boruvchi jangari guruh. Guruh Niger, Chad, Kamerun kabi qo‘shni davlatlar hududlariga ham bosqinlar tashkil etib turadi. 2009-yildan beri «Boko haram» tomonidan Chad ko‘li havzasi mamlakatlarida 27 mingdan ortiq inson o‘ldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring