Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschi 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bokschi 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: «Archynewsy.com»

Belgiyalik sobiq professional bokschi Farid Hakimi seriyali jinoyatlarda aybdor deb topildi. Bu haqda «The Brussel Times» nashri xabar bergan.

Hakimi 2015-yildan 2017-yilgacha jinoiy to‘da tarkibida jinoyatlarni sodir etgan. To‘da boshlig‘i hisoblangan Hakimi 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda hammasi bo‘lib 18 kishi javobgarlikka tortildi. Hakimi mazkur ish bo‘yicha ayblangan yagona mashhur shaxs emas. Shuningdek, teleboshlovchi Stefani Pauyels bitta epizodda qatnashgani uchun 30 oylik shartli qamoq jazosini oldi.

«Men ahmoqlik qildim va bu jiddiy oqibatlarga olib keldi», — deya hukmni izohladi Hakimi. U o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Hakimi so‘nggi jangini 2017-yilda o‘tkazgan. Uning hisobida 11 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor. 2016-yilda Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) International unvoni uchun kechgan bahsda britaniyalik Tom Farrelga imkoniyatni boy bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring