Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘lajak biznes-sherik haqida ochiq ma’lumotlar — oson!

Bo‘lajak biznes-sherik haqida ochiq ma’lumotlar — oson!

Davlat xizmatlari agentligi yangi maxsus platformani ishga tushirdi, bu haqda agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, bu platforma yordamida bo‘lajak biznes-hamkor (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) to‘g‘risida ma’lumot olish, uning ishonchli ekanligini tekshirish mumkin.

Xo‘sh, bu platforma nima va unday qanday foydalaniladi?

Avvalo shuni aytish kerakki, bu xizmat Davlat xizmatlari agentligining Buyuk Britaniyaga xizmat safarining tashrifi yaqqol natijasidir. Tashrifdan maqsad mazkur davlatda xizmatlar sohasining eng yaxshi amaliyotlarini o‘rganib, ijobiy tajribalarni O‘zbekistonda ham joriy etish edi. Safar natijalariga ko‘ra, Britaniyaning «Companies House UK» ga o‘xshash, ammo mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan maxsus platforma yaratishga qaror qilindi. Uning yordamida tadbirkorlik sub’yektlari haqida asosiy ma’lumotlarni ochiq, onlayn ravishda olish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Mazkur servisning asosiy vazifalaridan biri — fuqarolarga kelajakdagi hamkorlari bilan aloqalarni o‘rnatishda firibgarliklarning oldini olishdir.

Potensial biznes-sherik haqida ikkita portal orqali onlayn ma’lumot olish  mumkin:

fo.birdarcha.uz;

my.gov.uz.

Avvalgi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni shaffof tarzda taqdim etish imkoniyati mavjud bo‘lmagan, bu esa investorlarning yuridik shaxs to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatini cheklagan edi.

Endilikda mazkur tizim ro‘yxatdan o‘tgan sanadan tortib, boshqaruvchi to‘g‘risida ma’lumot, agar yuridik shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, muassislar va ularning ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli mavjud ma’lumotlarni avtomatik tarzda taqdim etadi.

Sizdan faqatgina tegishli tadbirkorlik sub’yektining STIR-raqamini kiritish talab etiladi.

Bu kabi platformani yaratish — mamlakatimizning investitsiya muhitini yaxshilash, biznes faolligini oshirishga qaratilgan qadamlaridan biridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring