Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarga mo‘ljallangan telekanalda yalang‘och ayollarning surati efirga uzatildi

Bolalarga mo‘ljallangan telekanalda yalang‘och ayollarning surati efirga uzatildi

Foto: «Aqlvoy»

O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan «Aqlvoy» telekanali ish boshlagani haqida xabar bergandik.

So‘nggi kunlarda «Aqlvoy» telekanalida namoyish etilgan multseriallaridagi 2 ta lavha jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Aqlvoy» telekanali ijodkorlari yosh teletomoshabinlar, ularning ota-onalari va buva-buvilariga, mazkur telekakanalni tanlab, uni kuzatib borayotgani uchun minnatdorchilik bildiradi.

So‘nggi kunlarda «Aqlvoy» telekanali orqali namoyish etilgan «Shaxrizoda. Aytilmagan hikoyalar» va «Art-Odissey» multseriallaridagi 2 ta lavha keng jamoatchilik orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Afsus bilan shuni tan olamizki, bolalarda yangilikka intilish, ularni jahon madaniy merosi bilan tanishtirish, atrof-muhitni o‘rganishga qiziqish uyg‘otishga qaratilgan kontent tanlanganiga qaramay, uning ichida kichik yoshdagi bolalar uchun noma’qul bo‘lgan sahnalar inson omili sabab efirga uzatilgan.

Shuni ma’lum qilamizki, «Aqlvoy» telekanali har jihatdan hali juda yosh va joriy yilning 22 martidan boshlab test rejimida efirga uzatib borilmoqda. Tom ma’noda kanalimiz endi oyoqqa turmoqda. Yo‘l qo‘yilgan xatolar, albatta, kanalimizning kelgusida ehtiyotkorlikka amal qilishiga, uning yanada yaxshilanishi, qiziqarli va foydali bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

Ushbu yo‘l qo‘yilgan xato bo‘yicha butun kanal ijodkorlari kerakli tanbehni oldi. Ular yana bir bor O‘zbekiston Respublikasining «Bolalarni ularning sog‘ligiga ziyon yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish» to‘g‘risidagi qonun talablari bilan tanishtirib chiqildi va ushbu qonun buzilish holatlarida intizomiy jazo qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, kontent nazorati kuchaytirilishi uchun qo‘shimcha xodim ishga olinadi.

Kelajakda yuqoridagi kabi xatolarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun dublyaj bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar bilan qo‘shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Endi ularga ma’naviyatimizga zid bo‘lgan lavhalar haqida ma’lumot berib turish majburiyati topshiriladi.

Yana bir bor barcha teletomoshabinlarga yo‘l qo‘yilgan xatoga befarq bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aynan siz tufayli kanalimiz o‘sib, rivojlanib, yaxshilanib boradi. «Aqlvoy» telekanali yangi ilmiy-ommabop dasturlar va rang-barang kinomahsulotlar bilan bolalarni quvontirishda davom etadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring