Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolgariyada noto‘g‘ri tashkil qilingan emlash siyosati sabab o‘n minglab odam vafot etgan

Bolgariyada noto‘g‘ri tashkil qilingan emlash siyosati sabab o‘n minglab odam vafot etgan

Foto: rk-news.com

Bolgariya hukumatining koronavirusga qarshi emlashni tashkil qilishdagi xatolari tufayli mamlakatda o‘n minglab odamlar vafot etdi. Bu haqda Bolgariya Sog‘liqni saqlash vaziri Stoycho Katsarov Nova telekanalida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Katsarovning fikriga ko‘ra, emlash dasturi surunkali kasalliklarga chalingan va qariyalar uchun tavsiya etilmagan.

«Bolgariyada COVID-19 koronavirusining ikkinchi to‘lqini paytida vafot etgan bemorlarning qariyb 80 foizi keksalar edi.  Ularni qutqarib qolishning imkoni bor edi», – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Katsarov.

Boshqa xatolar sifatida logistika yomonligi va Bolgariya vaksina bo‘yicha muzokaralar paytida AstraZeneka afzal ko‘rilganligi, keyinchalik ta’minot bilan bog‘liq muammolarga duch kelingani ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring