Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boliviya prezidenti: «Men o‘g‘ri emasman...»

Boliviya prezidenti: «Men o‘g‘ri emasman...»

Foto:«RT»

Lotin Amerikasi mintaqasidagi so‘llar harakatining yetakchi vakili, Boliviya siyosiy arbobi Evo Morales prezidentlik saylovlardan keyingi tartibsizliklar, bir necha hafta davom etgan qurolli to‘qnashuvlar va armiyaning aralashuvidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqida «Bloomberg» nashr xabar bermoqda.

Morales davlatda zo‘ravonlik bo‘lmasligi uchun o‘z lavozimidan ketayotganini ta’kidladi. «Men o‘g‘ri emasman, shunday ekan mamlakatdan chiqib ketmayman», dedi sobiq prezident. U Boliviyaning iqtisodiy taraqqiyotiga ishora qilib, iste’foga chiqish nutqida davlat to‘ntarishi qurboni bo‘lganini aytib, xalqaro hamjamiyatni aralashishga chaqirdi.

Yakshanba kuni kechqurun mamlakatda yong‘inlar va talon-tarojlar haqidagi xabarlar aholida yanada dahshatli tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Moralesga qo‘shilib uch amaldor iste’foga chiqarildi.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, Morales sotsialistik model asosida iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan bo‘lsa ham, deyarli 14 yillik boshqaruvdan so‘ng, hatto referendumda yutqazgandan keyin ham hokimiyat tepasida turishni istashi tanazzulga olib keldi.

Boliviyaning yuqori darajadagi generali Uilyams Kaliman Romero prezident Morales mamlakatda tinchlik o‘rnatish uchun iste’foga chiqishi kerakligini aytgan. Meksika va Venesuela hukumatlari, shuningdek, Argentinaning yangi saylangan prezidenti Alberto Fernandes ushbu voqealarni to‘ntarish deya tan olmoqda.

Yangi saylovlar uchun vaqt belgilanmadi va qachon o‘tkazilishi noma’lum.

Evo Morales Janubiy Amerika davlatlarining eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan prezidentlaridan (2006-2019) hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring