Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boltiq mamlakatlari Rossiya elektr energiyasidan foydalanishni to‘xtatdi

Boltiq mamlakatlari Rossiya elektr energiyasidan foydalanishni to‘xtatdi

Foto: Pravda.ru

Litva energetika vaziri bayonot berishicha, Boltiq mamlakatlari kecha, 22-maydan boshlab Rossiya elektr energiyasidan foydalanishni to‘xtatdi.

Nord Pool Yevropa elektr energiya birjasi Rossiya elektr energiyasining Boltiq mamlakatlaridagi yagona importchisi «Inter RAO» bilan endi savdolashmaydi.

Litva elektrga ehtiyojini mahalliy ishlab chiqarish hamda Shvetsiya, Polsha va Latviya bilan birlashtiruvchi tarmoqdan import evaziga qoplamoqchi.

Litva elektr ta’minoti operatori Litgrid ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda Rossiyadan import maqsadli tarzda kamaytirib kelingan. 2021-yilda Rossiya Litvaning elektrga ehtiyojining 16 foizini qoplagan.

Mamlakat energetika vaziri Daynyus Kreyvis Rossiya elektr energiyasidan voz kechilishini Litva energetika mustaqilligiga erishishi yo‘lidagi muhim qadam, dedi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring