Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bor-yo‘g‘i» 700 milliard dollar... Kompaniyani nima jin urdi?

«Bor-yo‘g‘i» 700 milliard dollar... Kompaniyani nima jin urdi?

Foto: «Apple.com»

«Apple» muammolar girdobiga o‘ralashib qoldi: Xitoy va Germaniya eski «ayfon»larni sotishni taqiqlayapti, yangilari esa bozorni «portlatolmadi». Kompaniya yangi yilning birinchi choragidan qancha tushum bilan chiqishi oydinlashgach esa, aksiyalari salkam 10 foizga qadrsizlanib ketdi. Endi bu ko‘ngilsizliklar yoniga barcha turdagi «iPhone»lar chiqarilishi qisqartirilishi haqidagi xabarlarlar qo‘shildi. Bu haqda «Nikkei» nashri yozmoqda.

Kompaniyaga yaqin manbalarga ko‘ra, «Apple» 2019-yil birinchi choragi uchun smartfonlar sotuvi prognozini qayta ko‘rib chiqanidan so‘ng butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilardan ta’minotni qisqartirishni so‘ragan. Ya’ni avvaliga rejalashtirilgan 47-48 millionta emas, 43 million dona qurilma ishlab chiqariladi. Agar 2018-yilning birinchi choragiga nazar solsak, «Apple» global bozorga 52,2 million dona smartfon yetkazib bergandi.

Kompaniya «qisqartirish siyosati»ga asosiy sabab shuki, oxirgi smartfonlari — «iPhone XS», «XS Max» hamda «XR»ni bozor «ko‘tarmadi»: narxi qimmatligi ikkinchi masala, yangi flagmanlar ashaddiy foydalanuvchilarga yoqmadi.

Kompaniya rahbari Tim Kukning so‘nggi bayonotlaridagi nobarqarorlik aksiyadorlarni ko‘proq tashvishlantirmoqda, axir shuni deb kompaniya qiymati tushib boryapti. «Apple» endi eng qimmat uch kompaniya orasida ham emas — «Amazon», «Microsoft» va «Alphabet» oldinga o‘tib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil avgusti oxiriga kelib «Apple» trillion dollarlik kompaniyaga aylangandi, hozir esa «bor-yo‘g‘i» 700 milliard dollar turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring