Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura 700 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan prokuror yordamchisi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Bosh prokuratura 700 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan prokuror yordamchisi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahri tumanlarining birida prokuror katta yordamchisi 300 ming AQSh dollari miqdorida pora hamda 400 ming AQSh dollari miqdorida pora berilishida dallollik qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Internet tarmog‘ida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va «Turkiston» banki xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha masalalarini «hal qilib berish»ni va’da qilganligi xaqida xabar tarqalgan. Shuningdek, materialda u 700 ming AQSh dollarini pora sifatida olinganligi qayd etilgan.

Bosh prokuratura ma’lum qiladiki, hozirgi kunda yuqoridagi holat bo‘yicha 2013 yilda XOATB «Turkiston bank» xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib berish uchun 300 ming AQSh dollarini aldov va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va hech qanday xizmat mavqeiga ega emas.

Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud emas.

Tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emas», — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring