Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: Bog‘chada bolalarning zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura: Bog‘chada bolalarning zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 433-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 32 nafar tarbiyalanuvchining ovqatdan zaharlangani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura mazkur hodisa yuzasidan axborot berdi, deb xabar qilmoqda «Gazeta.uz».

2018-yil 08-oktyabr kuni soat 10:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-sonli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 433-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 7 nafar tarbiyalanuvchilari «O‘tkir ichak diareyasi» tashxisi bilan yotqizilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning ahvoli hozirda qoniqarli holatda.

Tuman Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazining xulosasida, muassasaga 2018-yil 3-avgust kuni ko‘p miqdorda sariyog‘ mahsuloti olib kelinib hozirgi kunga qadar iste’molda foydalanib kelingani, taomnoma bo‘yicha 2-ovqat uchun tayyorlangan teftel yo‘riqnoma qoidalariga zid ravishda tayyorlangani, eskirgan oshxona jihozlaridan foydalanib kelingani, ikkinchi muzlatgich nosoz holda ekanligi, barcha oziq-ovqat mahsulotlari bir muzlatgichda saqlanayotgani ko‘rsatilgan.

Muassasada mavjud oziq-ovqat mahsulotlari va suvdan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018-yil 8-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan JKning 2571-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring