Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura departamenti xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi

Bosh prokuratura departamenti xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan rahbar ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim inspektori D.A.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «T.Q.S» ShK rahbari T.M. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonaning 353,6 mln. so‘mlik va o‘g‘li E.M.ga tegishli «D.Q.S» MChJ faoliyatida yo‘l qo‘yilgan 560,6 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanganligi holati bo‘yicha ularga chora ko‘rmaslik va yengillik berish evaziga D.A.ning xizmat xonasida, unga 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan «T.Q.S» ShK rahbari T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratur matbuot xazmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring