Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura ogohlantiradi

Bosh prokuratura ogohlantiradi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament firibgarlik to‘g‘risida ogohlantirdi.

Hozirgi kunda iqtisodiyot va tashqi savdo faoliyatni rivojlantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonlik tadbirkorlarni tashqi savdoga faol jalb qilish bilan birga, jinoyatchilar tomonidan turli xil firibgarlik harakatlarning xavfi, shuningdek fuqarolar tomonidan pochta manzillarini buzib kirish hamda ularning mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq murojaatlari ortib bormoqda.

Xususan, ikki o‘zaro hamkor insofli kompaniya o‘rtasidagi savdo aloqalari doirasida jinoyatchilar tovar yetkazib beruvchining elektron pochtasini buzib kirib, o‘zaro yozishmalarni qo‘lga kiritgan holda soxta hujjatlar orqali yetkaziladigan tovar uchun to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida xaridor yoki moliyaviy tashkilotning manziliga xat yuborganligi holatlari aniqlangan.

Ushbu holatlarda, yetkazib beruvchi kompaniya bir mamlakatda, soxta ma’lumotlar yo‘naltirilgan kompaniya rekvizitlari boshqa mamlakatga tegishli bo‘lgan.

O‘g‘irlangan mablag‘larning keyingi harakatlarini o‘rganilganda, qo‘lga kiritilgan pullar ikkinchi mamlakatda vaqtincha yashovchi shaxs tomonidan naqdlashtirilgan va uchinchi mamlakatga olib chiqib ketilgan.

Shu sababli, biz Sizni chet el kompaniyalari yoki ishlab chiqaruvchilari bilan o‘zaro savdo hamkorligini amalga oshirishda hushyor bo‘lishga, ochiq manbalar, ular to‘g‘risida yozilgan sharhlar orqali tadbirkorlarning halolligini o‘rganishga hamda noma’lum va shubhali manzillardan kelgan xabarlar va havolalarni (ssilka) ochmaslikka chaqiramiz.

Axborot xavfsizligini ta’minlashda litsenziyalangan dasturiy ta’minot vositalaridan foydalanish, shaxsiy pochta, mobil hamda kompyuter qurilmalariga kirishda ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish, shuningdek muqobil aloqa kanallari orqali xorijiy sheriklar bilan tuzilgan shartnomalarning ishonchliligini qayta tekshirish orqali jinoyatchilar tomonidan mablag‘laringizni o‘g‘irlash xavfini sezilarli darajada kamaytirasiz, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring