Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura tashabbusi bilan 22 mingdan ziyod aholi yashaydigan mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi

Bosh prokuratura tashabbusi bilan 22 mingdan ziyod aholi yashaydigan mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi

Foto:«O‘zA»

Bosh prokuraturaning ishchi guruhi tashabbusi bilan «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturini amalga oshirish jarayonida Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi 22 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelayotgan Madaniyat, Kushek, Jumagul, Tinchlik, Paxtazor, Do‘stlik, Beruniy nomli 7 ta mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti tizimi qayta tiklanib, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilishi ta’minlandi.

Prokratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 78,5 kilometr avtomobil yo‘llari va 36 ta jamoat transporti bekatlari joriy va kapital ta’mirlandi, aholining 3 mingdan ziyod ijtimoiy-maishiy muammolari hal etildi va 275 nafar tadbirkorlarga 43 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan.

Yosh oilalar uchun uy-joy va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi, bolalar ijodiyot markazi, sport va bolalar maydonchalari, istirohat bog‘i, yoshlar tadbirkorligi uchun ob’yektlari joylashgan «Yoshlar – kelajagimiz» majmuasi qurib bitkazildi.

Majmua tarkibida zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil qilindi, markaz yuqori sozlamali kompyuter texnikalari va optik tolali internet aloqa tizimi bilan ta’minlandi, shuningdek, mazkur tizim davlat organlari saytlari, A.Navoiy nomli Milliy kutubxona fondi tarmog‘i hamda «ZiyoNET» ta’lim portaliga ulandi.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari jadallashtirildi. Xususan, tuman hududida velosipedlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonani tashkil etish bo‘yicha 80 mln. dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 3000 tadan ziyod, shundan 70 foizi yoshlarga mo‘ljallangan yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring