Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta hujjat bilan bojxona imtiyoziga ega bo‘lib olgan tadbirkor aniqlandi

Soxta hujjat bilan bojxona imtiyoziga ega bo‘lib olgan tadbirkor aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda fuqaro B.Ya. qarindoshi N.M. nomiga  «Ya.T.» xususiy korxonasini tashkil etib, norasmiy ravishda  boshqarib, Xitoydan 21,6 ming AQSh dollarlik tikuvchilik xom ashyolari va mahsulotlarini import qilgani, bojxona organlariga tikuvchilik sexi tashkil qilganligi haqida soxta ma’lumotlar taqdim etib, 742,2 mln. so‘m bojxona imtiyozlarini olib, 71,6 mln. so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, B.Ya. amalga oshirilgan tovar aylanmalarini hisobotlardan yashirish va davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida «Ya.T.» xususiy korxonasini o‘zi rahbarlik qiladigan  «F» xususiy korxonasiga qo‘shib yuborish (birlashtirish) orqali tugatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.Ya. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring