Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-yanvar kuni «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining muomalasi va ishlab chiqarilishi yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazib, ularni tartibga solish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring