Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror SSV rahbariga xat yozdi. Qanday yangi gap bor?

Bosh prokuror SSV rahbariga xat yozdi. Qanday yangi gap bor?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshevning Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonovga  yozgan xati e’lon qilindi.  Maktubda  kecha  tarqalgan xabar – samarqandlik shifokorga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilingani xususida gap boradi.

Xabar eskirdi-ku, dersiz? Shoshmang, «yangi gap» borga o‘xshaydi. Negaki, mamlakat Bosh qonun posboni xatining e’tibor tortadigan ikkita nuqtasi bor-da. Birinchisi, jinoyat ishi prokuratura organlari emas, Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. Ikkinchisi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga viloyatda koronavirus keng tarqalishini oldini olish va uning kelib chiqish manbasini aniqlash bo‘yicha Ichki guruhining surishtiruvi natijasi asos bo‘lgani ekan.

Yana bir e’tiborli holat – Ishchi guruhi tarkibida tibbiyot vakillari ham bo‘lib, ular surishtiruv yuzasidan mutaxassis sifatida zarur xulosalarni taqdim etishga yuzaki yondoshgani jinoyat ishi asossiz qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgani ta’kidlanadi.

Nima demoqchimiz?

Shifokorga nisbatan «ish ochilishi»ga tergovchida ham, unga asos topib berganlarda ham professionalizm yetishmagani shundoq ko‘rinib turibdi. Bu shunchaki aytib o‘tiladigan gapmas. Ayniqsa, hozirgi paytda. Negaki, o‘z kasbining ustalarisiz pandemiyani na bartaraf etib, na bu jarayonda qonuniylikni ta’minlab bo‘ladi! No‘noq mutaxassislarning joyi qayerda ekanini mutasaddilar yaxshi biladi. Shunga yarasha o‘z vaqtida chora qo‘llanilsa, bas. Shundog‘am  pandemiya masalasida Samarqand viloyatidagi holat maqtangudek emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring