Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bosh vazir kubogi»: Chempion nomi ma’lum bo‘ldi (foto)

«Bosh vazir kubogi»: Chempion nomi ma’lum bo‘ldi (foto)

Foto: Xabar.uz

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol musobaqalari yakuniga yetdi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tayotgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bahslari «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi jamoasi Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga qarshi bellashdi. Ushbu uchrashuvda omad Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga kulib boqdi.

Final bahsida esa o‘yindan o‘yinga kuchayib borgan Oliy sud jamoasi turnir davomida ishonchli harakatlangan «O‘zbektelekom» AK jamoasiga qarshi to‘qnash keldi. Keskin va o‘ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda Oliy sud jamoasi kichik – 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va «Bosh vazir kubogi» sohibiga aylandi.

E’tiborlisi, turnirda ishtirok etgan 60 jamoa ichida aloqa sohasidan bir emas, ikki jamoa hal qiluvchi bosqichgacha yetib keldi va bevosita sovrin uchun kurashdi.

Final o‘yinidan so‘ng turnir g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va boshqalar ishtirok etishdi.

Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring