Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boylar ham yig‘lashadi»: AQShning tashqi qarzi rekord miqdorga yetdi

«Boylar ham yig‘lashadi»: AQShning tashqi qarzi rekord miqdorga yetdi

Foto:«World Property Journal»

2018-yil mart oyida AQShning tashqi qarzi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi: 21 trillion dollar.

«National Interest» nashri sinchilari AQShning eng katta dushmani tashqi qarzi ekanini aytishmoqda. Bu haqda «Argumenti i fakti» gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, AQSh yaqin orada texnik defoltga uchrashi mumkin.

Kongressning budjet masalalari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra ayni paytda AQShning foiz yuki YaIMga nisbatan 1,6 foizni tashkil etmoqda. Bu esa federal daromadlarning 9,4 foizini tashkil etadi. 2022- yilda bu raqam 2,7 va 16 foizga yetishi kutilayapti.

Tahlilchilar vaziyatdan chiqishning ikki yo‘lini: majburiy xarajatlarni kamaytirish yoki soliq tushumini oshirishni tavsiya qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring