Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti korrupsiyada ayblanmoqda

Braziliya prezidenti korrupsiyada ayblanmoqda

Foto: «Korrespondent.net»

Braziliya Bosh prokurori Rakel Joj mamlakat prezidenti Mishel Temerni korrupsiyada ayblamoqda.

Ta’kidlanishicha, tergov prezidentning mamlakat portlarini boshqarish normalarini yengillashtiruvchi qaroriga nisbatan olib borilmoqda. Tahminga ko‘ra, Temer pul evaziga bu qarorni «Rodrimar SA» logistik kompaniyasining manfaati uchun imzolagan bo‘lishi mumkin.

Mamlakat rahbarining Lotin Amerikasidagi yirik Santus portida faoliyat yurituvchi «Rodrimar SA» kompaniyasi bilan aloqasini tekshirish ishlari shu yilning boshidayoq boshlangan edi.

Bundan tashqari, Mishel Temerni «Odebrecht» kompaniyasidan pora olganlikda ham ayblashmoqda.

Bosh prokuratura, prezidentdan tashqari yana besh kishiga ayblov e’lon qilgan. Ulardan 32,6 million real (8,3 million dollar) miqdorida tovon to‘lash talab qilinmoqda.

Ayni damda prezident lavozimini egallab turgan Mishel Temer barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oktyabrning oxirida Braziliyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Jair Bolsonaruning nomzodi yutib chiqqan edi. U prezidentlik kursisini 1 yanvardan egallaydi, amaldagi prezident Temerning vakolatlari esa 31 dekabrda yakunlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring