Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyalik pahlavonlar Xalk va Konan: ulkan mushaklarning siri nimada?

Braziliyalik pahlavonlar Xalk va Konan:  ulkan mushaklarning siri nimada?

Foto:bigpicture.ru

Tinib-tinchimagan sportchilar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya? Mana bu ikki braziliyalik sportchi mushaklarini shishirish uchun hayvonlarga ishlatiladigan xavfli preparatdan foydalanishadi.

49 yoshli Toni «Xalk» Jeraldo va 50 yoshli Alvaro «Konan» Pereyra o‘smirlik paytidan turli steroidlarini qabul qiladi. Rio-de-Janeyrolik birodarlar mushaklarining hajmi kattarishi uchun nimalar qilishmagan deysiz?! Turli in’yeksiyalar bilan bir qatorda trenajyor zalida soatlab qilingan mashqlar va qat’iy ovqatlanish tartibi ularni shu darajaga olib chiqqan.

Foto:bigpicture.ru

Jeraldo har uch soatda ovqatlanadi. Uning taomnomasi tuxum, batat va go‘shtdan iborat. Pereyra esa kuniga to‘rt mahal ovqatni kanda qilmaydi. Mashg‘ulotlardan oldin polvonlar albatta 12 ta banan va 6 ta tuxumni paqqos tushirishlar lozim.

Pereyra 15 yoshidan buyon qo‘l va oyoq mushaklari uchun «Potenay B12» preparatidan foydalanadi. Veterinar maqsadlarda foydalaniladigan mazkur preparat Braziliyada mushaklarni katta qilishni xohlovchilar orasida juda mashhur. Jeraldo esa, Alvaroning mushaklariga havas qilib, mashg‘ulotlarni boshlagan. Aka-ukalar in’yeksiyalarni qabul qilgunga qadar o‘zlarini juda ozg‘in his qilishar edi. Jeraldo o‘smirlik paytida 49 kilogram, Pereyra 70 kilogram tosh bosar edi.

«O‘shanda biz in’yeksiyalarga bog‘lanib qolgan edik, hozir esa unday emas. Barchasi nazoratda. Yaqinlarim doimiy ravishda meni noto‘g‘ri yo‘nalishga ketib qolmasligimga chaqiradi. Men ham ukamga ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtiraman», — deydi Pereyra.

Aka-ukalar haftada ikki marta in’yeksiya qilishadi. Hozir Jeraldoning qo‘l mushaklari 71 santimetr, ukasiniki — 63. Ularning kumiri Arnold Shvarseneggerligi hech kimni hayratlantirmasa kerak. Yaqinda shifokor sportchilarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishi va teri ham ortiq kengaymasligini aytib, in’yeksiyadan ko‘p ham foydalanmasikni tavsiya qildi.

Foto:bigpicture.ru

Pereyraning turmush o‘rtog‘i turli preparatlardan foydalanishiga qarshi emas. Chunki o‘zi ham sport bilan shug‘ullanadi. Jeraldoning xotiniga esa erining taqiqlangan in’yeksiyalarni qabul qilishi yoqmaydi. U eri kasallanib qolishidan doim xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring