Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Breksitdan neftgacha. 2019-yildagi jahon iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlar

Breksitdan neftgacha. 2019-yildagi jahon iqtisodiyoti uchun asosiy xatarlar

Foto: «Geopolitica.ru»

Ekspertlar 2019-yili jahon iqtisodiyoti barqarorligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan asosiy xatarlar sifatida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo-sotiq nizolari, Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqini tark etishi va yonilg‘i narxini tilga olishdi. Bular «Bloomberg» tahlilida ko‘rsatib berildi.

Tahlilchilarni eng bezovta qilayotgan jihat bu AQSh va Xitoy munosabatlari ziddiyatlashib borayotganidir. Hisoblanishicha, AQSh agarda Xitoydan keltirilayotgan barcha mahsulotlarga boj solsa, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2019-yilda 1,5 foizgacha, jahonniki esa 5 foizgacha qisqarib ketadi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi esa global iqtisodiyotga yana bir og‘ir zarba bo‘ladi. Ayniqsa, voqealar rivoji eng keskinlashgan ssenariyda davom etsa britan iqtisodiyoti 2030-yilga borib YeIning boshqa a’zolariga nisbatan YaIM da 7 foiz yo‘qotadi. Yengilroq variantda esa, ya’ni Buyuk Britaniya YeI Bojxona ittifoqida o‘rnini saqlab qolgan taqdirda YaIM da 3 foiz yo‘qotadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard jahon savdosidagi ziddiyatlar iqtisodiy tanazzul xavfini keltirib chiqarishini aytib o‘tgandi. U ayrim mamlakatlar o‘rtasidagi savdodagi raqobat hozirdanoq salbiy oqibatlarini namoyon etayotganini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring