Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya yana qaysi davlatlarga hujum qilishi mumkinligini aytdi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya yana qaysi davlatlarga hujum qilishi mumkinligini aytdi

Foto: «www.gov.uk»

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Pasxa bayrami munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatda Londonning Ukraina urushi bo‘yicha aniq pozitsiyasini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, Rossiya qo‘shini butun Ukraina, jumladan, Qrimdan haydab chiqarilishi kerak. Bunga qadar ingliz hukumati «Putin armiyasi Ukrainada mag‘lubiyatga uchrashi kerak» degan mavhumroq nutqai nazarni bildirib kelayotgandi.

Liz Trass Ukrainaning g‘alabasi dunyo hamjamiyati uchun o‘ta muhim ekanini ta’kidlar ekan, kollektiv G‘arb Ukraina mudofaa qobiliyatini oshirish va Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishi kerakligini uqtirdi.

«Agar Putin zafarga erishsa, Yevropa hamda butun dunyo boshiga dahshatli musibat yog‘iladi. U holda hech qachon tinch-osuda hayot kechira olmaymiz», – dedi u.

Ingliz tashqi siyosat mahkamasi rahbari Rossiya nafaqat Ukraina, ayni choqda, Moldova va Gruziyaga ham harbiy hujum qilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Vazirga ko‘ra, mavjud xatarlar xalqaro xavfsizlik arxitekturasini tezroq yangilashni talab etayotir.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Rossiyaning Ukrainaga hujumi arafasida Kreml rejalarini fosh qilgandi. Jumladan, Rossiya Ukrainaga bostirib kirib, oliy hokimiyatni alishtirish va davlat tepasiga kremlparast siyosatchilarni keltirishni ko‘zlayotgani ochiqlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring