Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi

Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi

Foto: «angliaplus.com»

Britaniyalik sportchi Ross Ejli Buyuk Britaniya bo‘ylab suzib o‘tib Ginnes rekordlar kitobiga kirdi.

U suvdagi sayohatini 1 iyun kuni Kent grafligining Margit shahridan boshlab, 155 kun davomida suzgan. Bu vaqt davomida u bir marta ham quruqlikka chiqmay 1780 mil (2864 km atrofida) masofani bosib o‘tdi. U bir kunda 12 soatlab suzishiga to‘g‘ri kelgan.

Sportchi suvda kechirgan qiyinchiliklari haqida intervyu berar ekan meduzadan kuyib qolgani, sho‘r suvdan tili ta’m sezmay qolmay qolgani, gidrokostyum noqulayligi va oyog‘i ishlamay qolishidan qo‘rqqanini gapirib berdi. Shu bilan birga u quyosh chiqishi va botishidagi go‘zallikning bir necha marta guvohi bo‘lganini ham aytgan.

Ma’lum qilinishicha, Ejli sayohatining 74-kuni 14 avgust kuni rekordlar kitobiga kiritilgan. Xalqaro suzish assotsiatsiyasiga ko‘ra, bu dengizdagi eng uzoq suzish bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring